
Yuridik ma'lumotnoma
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida real huquqiy vaziyatlar tahlili.
Ma'lumotnoma materiallari
Qonunlar olamidagi yo'lboshchingiz
Savol: Turmush o'rtog'im bilan hozirda birga yashamayapmiz, lekin homiladorman. Homiladorlik og'ir o'tyapti, tez-tez kasal bo'lyapman. Turmush o'rtog'imdan homiladorlik davrida aliment olishim mumkinmi?
Javob: Hurmatli fuqaro, sizning vaziyatingizda homiladorlik ta'minotini olishingiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 117-moddasiga ko'ra, er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordam berish uchun zarur mablag'ga ega bo'lgan xotindan yoki erdan: yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz xotin yoki er; xotin homiladorlik davrida va o'rtadagi bola tug'ilgan kundan boshlab uch yil davomida, o'rtadagi nogironligi bo'lgan bolani u o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar parvarish qilayotgan yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo'lgan o'rtadagi bolani parvarish qilayotgan yordamga muhtoj er yoki xotin sud tartibida ta'minot (aliment) olish huquqiga ega.
Shunday ekan, siz ushbu modda talablariga ko'ra homiladorlik ta'minotini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Kerakli hujjatlar: tomonlar pasport nusxalari, nikoh guvohnomasi, homiladorligingizni tasdiqlovchi hujjat hamda pochta harajatlari to'langanligi haqidagi kvitansiya.
Savol: Men biometrik pasport olish uchun Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limiga (MvaFRB) borganimda, menga soqolim borligi sababli, birinchi navbatda uni qirib tashlashim kerakligini, shundan keyingina rasmga tushishim va pasport berilishini aytishdi. Bu to'g'rimi? Axir soqol bilan rasmga tushish mumkin emasmi? Shu masalada yordam bera olasizmi? Soqol bilan rasmga tushish mumkinmi?
Javob: Assalomu alaykum! O'zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi to'g'risidagi Nizomning (22.09.2020 y.) 17-bandiga ko'ra, ma'lumotlarni yig'ish punkti fuqaroga ID-karta rasmiylashtirishni, agar fuqaro qo'l barmoqlarining elektron izlarini berishdan bosh tortsa yoki ko'zoynakda yoki bosh kiyimda rasmga tushishni istasa, rad etadi.
Demak, afsuski, hijobda yoki ko'zoynakda rasmga tushish mumkin emas. Biroq soqol bilan rasmga tushish bo'yicha hech qanday taqiq mavjud emas. Yuqoridagi norma talablaridan kelib chiqib:
❌ hijob mumkin emas
❌ ko'zoynak mumkin emas
✅ lekin soqol bilan rasmga tushish taqiqlanmagan. Taqiqlanmagan narsa — mumkin.
Ushbu holat yuzasidan soqol bilan rasmga tushishni taqiqlash bo'yicha MvaFRB xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda asossiz cheklovlarsiz biometrik pasport berilishida amaliy yordam so'rab tuman prokuraturasiga murojaat qilishingiz lozim.
Savol: Assalomu alaykum! Men bilan birga ishlaydigan hamkasbim men haqimda asossiz gaplar tarqatib, boshqalarning oldida meni qoralab, tuhmat qilyapti. Men bu holatda nima qilishi mumkin?
Javob: Hurmatli fuqaro, sizning holatingizda hamkasbingiz uchun qonun bilan javobgarlik belgilangan. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 40-moddasiga ko'ra:
Tuhmat, ya'ni bilaturib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga 8 mln 240 ming so'mdan 24 mln 720 ming so'mgacha miqdorda jarima ko'zda tutilgan.
Agar ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanilgandan keyin takroran sodir etilsa, u 68 million so'mgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Agar tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog'ida amalga oshirilsa, bu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor:
▫️ 68 mln so'mdan 136 mln so'mgacha jarima;
▫️ 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.
✅ Agar tuhmat:
➖ og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etishda ayblab;
➖ og'ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan holda;
➖ xavfli retsidivist tomonidan;
➖ g'arazgo'ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilsa:
▫️ 102 mln so'mdan 170 mln so'mgacha jarima;
▫️ 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.
Savol: Men turmush o'rtog'im bilan shar'iy nikohda (nikoh) yashayman. Erim meni o'z uyidan haydab yubordi; biz 2 yil birga yashaganmiz. Men erimning uyiga kirib yashashga haqqim bormi?
Javob: Ha, kirib yashashga huquqingiz bor.
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko'ra, uy, kvartira mulkdorining oila a'zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko'chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqacha hol qayd etilmagan bo'lsa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng ravishda foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joylarga o'zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko'chirib kelishga haqlidirlar, oilaning boshqa a'zolarini esa uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko'chirib kelishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartira mulkdori bilan oilaviy munosabatlar tugagan taqdirda ham turar joydan foydalanish huquqini saqlab qoladilar. Uy, kvartira mulkdori bilan uning sobiq oila a'zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o'rtasida turar joydan foydalanish tartibi tomonlar kelishuvi bilan belgilanadi.
Yuqoridagi moddaga asosan shar'iy nikohda yashayotgan ayol ham turmush o'rtog'ining uyida yashash huquqiga ega; qonunda mulkdorning oila a'zolaridan tashqari u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ham mulkdorning uyidan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan. Mulkdor doimiy yashayotgan fuqarolarni o'z uyiga kiritib, yashashiga ruxsat bergan vaqtdan boshlab ikki o'rtada kelishuv tuzilgan hisoblanadi. Shunday ekan, yashash huquqi mavjud.
Agar sizga ushbu masalada yuridik xizmatlar ham kerak bo'lsa, bizga murojaat qiling!
Savol: Turmush o'rtog'im bilan faqat shar'iy nikohimiz (nikoh) bor, rasmiy nikohimiz yo'q. Hozirda oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o'rtog'im bilan birga yashamayapmiz va turmush o'rtog'im bizni moddiy tomondan ta'minlamayapti. Shar'iy nikohda bo'lganimiz sababli aliment olsam bo'ladimi?
Javob: Ha, bo'ladi, lekin bunda bir nechta holatga oydinlik kiritish kerak.
1-holat: Agar turmush o'rtog'ingiz farzandlaringizga o'z familiyasini bergan bo'lsa, ya'ni farzandlaringizga nisbatan otalik belgilangan bo'lsa, unda siz aliment olishda muammosiz va ortiqcha qiyinchiliksiz aliment undirish huquqiga egasiz. Siz fuqarolik ishlari bo'yicha sudga aliment undirish haqida sud buyrug'i berish haqida ariza bilan murojaat qilasiz; arizangiz sud tomonidan ko'rib chiqilib, 3 kun ichida aliment undirish haqida sud buyrug'i chiqarib beriladi.
2-holat: Agar turmush o'rtog'ingiz farzandlaringizga o'z familiyasini bermagan bo'lsa, ya'ni otalik belgilanmagan bo'lsa, aniqroq qilib aytganda yolg'iz ona sifatida ro'yxatda tursangiz, unda siz fuqarolik ishlari bo'yicha sudga otalikni belgilash va aliment undirish haqida da'vo arizasi bilan murojaat qilasiz. Bunda sizning da'vo arizaingiz 1 oy muddatda sud tomonidan ko'rib chiqiladi. Siz sudga turmush o'rtog'ingiz bilan birga yashaganligingizni va farzandlaringiz turmush o'rtog'ingizdan dunyoga kelganligini ma'lum qilasiz. Ushbu hujjatlar asosida sud otalikni belgilash va aliment undirish haqida qaror chiqaradi. Shundan so'ng turmush o'rtog'ingizdan bemalol aliment olishingiz mumkin bo'ladi.
Qayerga murojaat qilinadi?
Siz javobgar, ya'ni turmush o'rtog'ingiz yashaydigan hududdagi Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilasiz!
Savol: Men turmush o'rtog'im bilan kelisha olmayapman va alohida chiqib ijarada yashamoqchiman. Yaqinda yangi qonun chiqdi, unga ko'ra agar er-xotin ajrashsa, er ijara haqini to'lashi kerak ekan. Men ham turmush o'rtog'imdan ijara haqini undira olamanmi?
Javob: Turmush o'rtog'ingizdan ijara haqini undirish mumkin, lekin siz o'ylagandek emas.
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko'ra, turar joydan foydalanish va qilingan xarajatlardagi ulush miqdori bo'yicha uy, kvartira mulkdori, uning oila a'zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila a'zosi o'rtasidagi nizolar sud tartibida hal etiladi. Turar joydan foydalanish to'g'risidagi nizolarni ko'rishda sud mulkdorning da'vosi bo'yicha mulkdorni ko'chirilishi lozim bo'lgan tomonni mulkdorga tegishli bo'lgan mutanosib sharoitdagi boshqa turar joylar bilan ta'minlash yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to'lash majburiyatini yuklashi mumkin.
Bunda shuni tushunish mumkinki, ayol kishi o'zboshimchalik bilan uy ijaraga olib, unga ijara haqi to'lasin degan tashabbus bilan chiqa olmaydi; ijara haqi faqat erkak kishi shunday tashabbus bilan chiqqan taqdirdagina ayolga to'lanadi.
O'ylaymanki, endi bu hamma uchun tushunarli bo'ldi.
Jinoyat kodeksining 77-moddasiga ko'ra, sudlanganlik — shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Jazoni tayinlash to'g'risidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Sudlanganlik muddatining o'tishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi uning barcha huquqiy oqibatlarini bekor qiladi.
Jinoyat kodeksining 78-moddasida sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan. Ushbu moddaga ko'ra, shaxsning sudlanganlik holati quyidagi muddatlarda tugallanadi:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
b) majburiy jamoat ishlari, xizmat bo'yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi jazolarni o'tab chiqqanidan keyin;
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan boshlab, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o'talganidan keyin bir yil o'tgach;
g) ozodlikni cheklash jazosi o'talganidan keyin — ikki yil o'tgach;
d) besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin — to'rt yil o'tgach;
e) besh yildan ortiq, lekin o'n yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin — yetti yil o'tgach;
j) o'n yildan ortiq, lekin o'n besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'talganidan keyin — o'n yil o'tgach.
Jinoyat kodeksining 79-moddasiga ko'ra, o'n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab chiqqan shaxslarga, shuningdek o'ta xavfli retsidivistlarga nisbatan, agar ular jazo o'talganidan keyin o'n besh yil davomida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud sudlanganlikni olib tashlashi mumkin. ❗️Ya'ni shaxs qamoq jazosini o'tab, ozodlikka chiqqanidan keyin 15 yil davomida yangi jinoyat sodir etmasa, sudlanganlik holati sud tomonidan olib tashlanadi (bu o'n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab chiqqan shaxslarga tegishli).
O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015 yil 18 sentyabrdagi 13-sonli «Sudlanganlikni tugallanishi va olib tashlanishiga oid sud amaliyoti to'g'risida»gi qarorining 4-qismi 3-bandida: Sudlanganlikni olib tashlash sudlanganlik holati tugallanishi uchun qonunda belgilangan muddatlar o'tmasidan oldin sud qarori bilan uning kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari to'xtatilishini anglatadi. Sudlanganlikni olib tashlash uchun shaxsning jazo o'talganidan keyingi namunali xulq-atvori (unga nisbatan ma'muriy jazo yoki intizomiy ta'sir choralari qo'llanilmaganligi), jamoat birlashmasi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi, jamoa yoki shaxsning o'zi tomonidan Jinoyat kodeksi 79-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlar o'tganidan keyin berilgan iltimosnoma asos bo'lishi mumkin.
Javob: O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 175-moddasiga ko'ra,
Foyda (daromad) yoki soliq solishning boshqa ob'ektlari hisobini yuritmaslik yoki bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar to'lanishi lozim bo'lgan soliqlar yoki yig'imlar miqdorining kamayishiga sabab bo'lsa, xuddi shuningdek soliqlarni va yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari bo'yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan asosnomalarni yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Soliq hisobotini o'z vaqtida taqdim etmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Savol: Mening boshqa fuqarodan qarzim bor edi, meni sudga berishdi va ish MIBga o'tdi. Mening nomimda o'zim yashayotgan bitta uy bor; MIB ushbu uyni olib qo'yishi mumkinmi?
Javob: Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi Qonunining 52-moddasiga ko'ra, ijro hujjatlari bo'yicha unduv qarzdor jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo'lgan, qarzdor va (or) uning oila a'zolari doimiy yashayotgan yagona uyga (kvartiraga) qaratilmaydi, ijro hujjatida mazkur uyga (kvartiraga) unduvni qaratish nazarda tutilgan yoki ushbu mol-mulk majburiyat bo'yicha garov predmeti bo'lgan hollar bundan mustasno. Unduv boshqa uylarga (kvartiralarga), ularda qarzdor va (or) uning oila a'zolari yoki boshqa shaxslar doimiy yashashidan qat'i nazar, qaratilishi mumkin.
Undiruvchining yoki davlat ijrochisining arizasiga ko'ra, agar sud uy (kvartira), shu jumladan unga tutash hudud qismlarga bo'linishi mumkinligini hamda qarzdor ixtiyorida qoladigan qism qarzdor va uning oila a'zolari normal hayot kechirishi uchun yetarli ekanligini aniqlasa, unduv sud tomonidan qarzdorning yagona uyiga (kvartirasiga) yoki uy hududidagi alohida binoga yoxud uyning ma'lum bir qismiga qaratilishi mumkin.
Qarzdor va uning oila a'zolari normal hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan uy anjomlari va ashyolari, kiyim-kechaklar hamda boshqa buyumlar, ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan buyumlar ijro hujjatlari bo'yicha undirilishi mumkin emas.
Investor bilan davlat mulkini boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi o'rtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq, investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan pul mablag'lari va boshqa mol-mulk investitsiya qilish davrida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzdorligini uzish uchun majburiy tartibda undirib olinmaydi.
Savol: Men turmush o'rtog'im bilan ajrashib, alimentga bermoqchiman; necha pul davlat boji to'layman? Oldindan rahmat.
Javob: O'zbekiston Respublikasining 06.01.2020 yildagi O'RQ-600-sonli «Davlat boji to'g'risida»gi Qonuniga ko'ra, da'vogarlar — aliment undirish to'g'risidagi da'volar yuzasidan adminstrativ davlat bojini to'lashdan ozod etiladilar.
Demak, siz turmush o'rtog'ingizdan aliment undirish haqida ariza bersangiz, davlat boji to'lamaysiz.
